AI bilan kitob o'qish

Kitobingni kunlik qisqa darslarga aylantir

Kitobni yuklaysan, AI uni 5-10 daqiqalik bo'limlarga bo'lib, har biridan qisqa dars, asosiy tushunchalar va test tayyorlaydi. Har kuni ozgina o'qiysan, o'qiganing esingda qoladi.

  • Tekin boshlaysan
  • Parol yo'q, Telegram bilan kirasan
  • Telefonga ilova qilib o'rnatsa bo'ladi
5-10daqiqalik dars
4format: PDF, EPUB, DOCX, TXT
80%to'g'ri javob, keyingisi ochiladi
40kunlik tekin AI krediti
4 qadam

Qanday ishlaydi?

Kitob ochib o'tirib, yarmida tashlab ketish emas. Har kuni bitta kichik qadam.

  1. 1

    Kitobni yuklaysan

    PDF, EPUB, DOCX yoki TXT, bitta fayl 50 MB gacha.

  2. 2

    Bo'limlarga bo'linadi

    Boblar o'zi topiladi, keraksiz joylarni (mundarija, so'z boshi) o'tkazib yuborasan.

  3. 3

    AI dars yasaydi

    Qisqa tushuntirish, 3-5 asosiy tushuncha, kichik test va mustaqil topshiriq.

  4. 4

    Testdan o'tasan

    O'tmasang keyingi bo'lim ochilmaydi, xatongni AI boshqacha qilib qayta tushuntiradi.

Imkoniyatlar

O'qiganing esdan chiqmasin deb

Oddiy o'quvchi ilovada yo'q narsalar, hammasi bitta joyda.

Kunlik zanjir

Har kuni bitta bo'lim o'qisang zanjiring o'sadi, 7 kunlik zanjirga +20 kredit.

Aqlli takrorlash

O'rgangan tushunchalaring unutilay deganda takrorlashga qaytib chiqadi.

Xatolar daftari

Xato javoblaring yig'ilib boradi, ularni alohida qayta ishlab chiqasan.

Ovozli dars

Darsni yo'lda quloqchinda tingla, inglizcha atamalarni ingliz ovozi o'qiydi.

Darsda AI chat

Tushunmagan joyingni shu darsning o'zida AI'dan so'raysan.

Telegram bot

O'zing tanlagan vaqtda eslatadi, darsni va testni Telegram'da ham o'tsa bo'ladi.

Konspekt va PDF

Butun kitob bo'yicha qisqa konspekt, chop etsa yoki PDF qilsa bo'ladi.

Statistika va reja

Kunlik o'qish rejasi, qancha o'qiding, qaysi kunlar faol bo'lding.

Kim uchun

Kitobni tugatib, esda olib qolmoqchi bo'lgan har kimga

Talaba

Darslik va qo'llanmalarni bo'lib-bo'lib o'qiysan, imtihon oldidan konspekt va xatolar daftari tayyor turadi.

Mutaxassis

Kasbiy kitoblar, kod misollari bilan. Ishdan keyin kuniga 10 daqiqa, yil oxirida o'nlab kitob.

Kitobxon

Ko'p o'qiysan, lekin tez unutasan. Takrorlash va testlar o'qiganingni mustahkamlaydi.

Ilova

Telefoningga ilova qilib o'rnat

Play Market yoki App Store kerak emas. Bosh ekranda o'z ikonkasi bilan turadi, brauzer qatorlarisiz to'liq ekranda ochiladi.

Avval kirish
Tugma chiqmayaptimi?
  • Android (Chrome): o'ng yuqoridagi ⋮ menyu > Ilovani o'rnatish yoki Bosh ekranga qo'shish.
  • Kompyuter (Chrome, Edge): manzil qatorining o'ng tomonidagi o'rnatish belgisini bos.
  • iPhone: faqat Safari'da: Ulashish > Bosh ekranga qo'shish.
Narx

Har kuni o'qisang, AI tekin

Pul to'lash shart emas. Kredit har kuni yangilanadi, faol o'qiganga ko'proq beriladi.

Har kuni o'qisang 40 kredit kuniga

Taxminan 13 ta yangi dars

Bir kun o'tkazib yuborsang 15 kredit kuniga

Bitta testdan o'tsang yana 40

Uzoq tanaffusda 6 kredit kuniga

Qaytib kelishga yetadi

Dars 3 kredit, qayta tushuntirish va AI savol 1 kredit. Batafsil: Qanday ishlaydi?

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Qaysi formatdagi kitoblarni yuklash mumkin?

PDF, EPUB, DOCX va TXT. Bitta fayl ko'pi bilan 50 MB, hamma kitoblaring birgalikda 300 MB gacha.

Yuklagan kitobim boshqa foydalanuvchilarga ko'rinadimi?

Yo'q. Kitobing va o'qish tarixing faqat senga ko'rinadi, hech kimga tarqatilmaydi. Mualliflik huquqi muallif va noshirda qoladi.

Qaysi sun'iy intellekt (AI) ishlatiladi?

Darslar, testlar va tushuntirishlarni Claude (Anthropic) va Gemini (Google) yozadi. Og'irroq ishga kuchliroq model, yengil ishga tezroq model tanlanadi.

Kunlik tekin kredit tugab qolsa nima bo'ladi?

Ertasi kuni yangi kunlik kredit beriladi. Bir necha kun o'qimasang ham kuniga 6 kredit qoladi, bu 2 ta darsga yetadi. Bitta bo'lim testidan o'tishing bilan yana faol holatga qaytasan. Xohlasang, loyihani qo'llab-quvvatlab qo'shimcha kredit olishing mumkin.

Telegram bot nima qiladi?

Saytga parolsiz kirishni tasdiqlaydi, o'zing belgilagan vaqtda eslatma yuboradi va darsni, testni, takrorlashni to'g'ridan-to'g'ri Telegram'da o'tishga imkon beradi.

Hamma savollar

Qaysi kitobni tugatolmay yuribsan?

Bugun yukla, ertaga birinchi darsni o'tasan.

Telegram orqali boshlash

Kredit tugadi

Kreditim Qo'llab-quvvatlash